Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
2026-11-04 17:45:00 / Yangiliklar
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra:
imtihonning yozma qismi — 7-8-noyabr kunlari;
gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 9-noyabrdan
20-noyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
Talabgorlar my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-11-04
