QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI: NAVBATDAGI QABUL IMTIHONLARI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI
2026-11-03 19:25:00 / Yangiliklar
Test sinovlari quyidagi hududlarda tashkil etildi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Samarqand viloyati;
Jizzax viloyati;
Surxondaryo viloyati;
Buxoro viloyati;
Toshkent shahri.
300 nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan va 2 nafari chetlatilgan ushbu tadbirda imtihonlar elektron platforma orqali amalga oshirildi. Talabgorlar imtihon yakunlanishi bilan o‘zlari to‘plagan ballar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Imtihon natijalari bo‘yicha qaydnomalar rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qaroriga muvofiq, respublikadagi oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi – tegishli ta’lim dasturi doirasida o‘qitiladigan chet tili bo‘yicha kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
