DIQQAT, E’LON!
2026-11-03 20:45:00 / Yangiliklar

2027-2028-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni dastlabki saralash imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi.
Unga ko‘ra, mazkur imtihon 2026-yil 7-noyabr kuni bir smenada boʻlib o‘tadi.
Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.
