Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi
2026-10-31 22:00:00 / Yangiliklar
2026-yil 23-26- va 31-oktyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan geografiya, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari o‘z nihoyasiga yetdi.

Bugun, 31-oktyabrda mazkur imtihonlarning tarix fani bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi (ishtirok etganlar - 38 600 nafar).
Barcha imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
Umumiy hisobda imtihonlarda jami 136 600 nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, 48 nafari tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.




