Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga maqsadli qabul kvotalari uchun imtihonlar bo‘lib o‘tdi
2026-10-28 23:10:00 / Yangiliklar
Bugun, 28-oktabr kuni respublikamizning barcha hududlarida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar uchun ajratilgan maqsadli davlat grantlari bo‘yicha saralash imtihonlari tashkil etildi.

Mazkur imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni asosida yoshlarning bilim va salohiyatini xolis baholash hamda davlat grantlariga munosiblarni saralash maqsadida o‘tkazildi.
Imtihonda qatnashishi belgilangan 2 ming 900 nafardan ko‘proq talabgor ishtirok etdi. Imtihon topshirish tartib-qoidalarini buzgani sababli 2 nafar talabgor jarayondan chetlatildi.
Амаldagi tartibga muvofiq, saralash natijalarida belgilangan minimal o‘tish balidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan talabgorlar natijalari ketma-ketligi asosida ajratilgan kvotalar doirasida davlat grantiga tavsiya etiladi.
Imtihon natijasi qaydnomalari belgilangan tartibda tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.




