BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA!
2026-10-23 11:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil
29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini baholash bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni – 5-noyabr.
Eslatib o‘tamiz:
Imtihon natijalariga ko‘ra talabgorlarga 3 yil muddatga amal qiluvchi A+, A, B+, B, C+ va C darajali milliy sertifikatlar beriladi;
B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga lavozim maoshining 15 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz
