Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari davom etmoqda
2026-10-19 15:20:00 / Yangiliklar

Mazkur imtihon O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining Jizzax viloyati bo‘limi binosida bo‘lib o‘tdi.
Unda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar hamda shu yerning o‘zida to‘plagan ballarini bilib oldilar.
Imtihonlar natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda Jizzax davlat pedagogika universitetiga taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi - qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
