Chet tillaridan navbatdagi sertifikat imtihonlari o‘tkazildi
2026-10-11 20:20:00 / Yangiliklar
Chet tili (ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari)ni bilish darajasini aniqlashning tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan nemis va fransuz tillaridan imtihonlar kompyuterda o‘tkazildi.

Imtihonlar 2026-yil 10-11-oktyabr kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
Ularda salkam 30,900 nafardan ko‘p talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 23 nafari amaldagi tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.
Mazkur imtihonning gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi
– 12-oktyabrdan 23-oktyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
Imtihon natijalari Vazirlar Mahkamasining 73-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq e’lon qilinadi.





