Barcha hududlarda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
2026-09-28 19:05:00 / Yangiliklar
Avval xabar qilingan milliy sertifikat imtihonlari doirasida biologiya va kimyo fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida tashkil etildi.
Hozirga qadar ularda 59 ming nafardan ko‘p talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 6 nafari amaldagi tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari davom etmoqda.




