Yoshlar bor ekan – izlanish bor. Izlanish bor ekan – taraqqiyot bor!
2026-09-25 11:25:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona va Buxoro viloyatlaridagi hududiy bo‘limlarida yoshlar bilan samimiy uchrashuvlar va ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda yoshlarning ta’lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi, kasbiy yo‘nalishini belgilashi, zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanishi, kelajakdagi maqsadlari, shuningdek, davlat dasturlari, jumladan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi haqida fikr almashildi.
Ochiq muloqotlar davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, imtihon va baholash jarayonlari, sertifikatlash tizimi, ayniqsa, ro‘yxatdan o‘tishda limit o‘rnatilgani, ta’limdagi imkoniyatlar hamda yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar. Ular shunchaki tinglovchi emas, balki muloqotning faol ishtirokchisi bo‘ldilar.
Agentlikning hududiy bo‘limlarida yoshlar bilan bunday ochiq, samimiy va mazmunli muloqotlarni davom ettirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi.




