Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
2026-09-23 23:45:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi - qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.

2026-yil 23-sentyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat transport universiteti va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.
Unda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar. Talabgorlar imtihon natijalarini test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Imtihonda 650 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi.
