Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
2026-09-17 10:00:00 / Yangiliklar

2026-yil 16-sentyabr kuni Qo‘qon davlat universiteti, Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi Farg‘ona, Termiz, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘tkazildi.
Unda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar hamda imtihon natijalarini test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Imtihonda 80 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga taqdim etiladi.
