Fargʻona viloyatida sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuv oʻtkaziladi
2026-09-08 15:50:00 / Yangiliklar
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan hududlarda sayyor qabullar, ochiq muloqotlar tashkil etish an'anasi davom etmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuv Farg‘ona viloyatida Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Xayitov Abduvoxxob Tolliboyevich ishtirokida Farg‘ona tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida boʻlib oʻtadi.
Tadbirda fuqarolarning murojaatlarini joyida koʻrib chiqish, muammolarini tahlil qilish va hal qilishda koʻmaklashish boʻyicha amaliy ishlar amalga oshirilib, yoshlar hamda ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob beriladi.
Sana: 10-sentyabr
Vaqt: 16:00
Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, “Dilkusho” MFY, Marg‘ilon ko‘chasi, 55-uy.
Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/QS1mknzBhsGmn9DP8
Mazkur uchrashuv va ochiq muloqotga taklif etamiz!
