Nemis va fransuz tillaridan aprobatsiya boʻlib oʻtdi
2026-09-08 18:50:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 8-sentyabr sanasida elektron shaklda oʻtkazilishi belgilangan nemis va fransuz tillaridan sertifikat imtihonlari dasturlarining aprobatsiyasi oʻtkazildi.

Aprobatsiya jarayonlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
Test sinovlari “Onlayn test” axborot tizimi orqali oʻtkazilib, ularda 100 nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi.



