Samarqand viloyatida ham sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuv boʻladi
2026-09-09 08:20:00 / Yangiliklar
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan hududlarda sayyor qabullar, ochiq muloqotlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Bu kabi navbatdagi tadbirlar Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi boshlig‘i o‘rinbosari Baratov Akmal Avdumajitovich ishtirokida Samarqand viloyatida boʻlib oʻtadi.
Tadbirda fuqarolarning murojaatlarini joyida koʻrib chiqish, muammolarini tahlil qilish va hal qilishda koʻmaklashish boʻyicha amaliy ishlar amalga oshirilib, yoshlar hamda ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob beriladi.
Sana: 10-sentyabr
Vaqt: 15:00
Manzil: Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani "Kamolot" mahallasi yerteshar ges ko'chasi 5a-uy.
Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/BpqJm6VMmktapYQ99Х
Mazkur uchrashuv va ochiq muloqotga barchani taklif etamiz!
