Navoiy viloyatida sayyor qabul boʻlib oʻtadi
2026-09-07 18:05:00 / Yangiliklar

Navbatdagi sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuv Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Boboyev Orzikul Mirzoyevich ishtirokida Agentlikning Navoiy viloyati boʻlimi binosida oʻtkaziladi.
Tadbirda fuqarolarning murojaatlarini joyida koʻrib chiqish, muammolarini tahlil qilish va hal qilishda koʻmaklashish boʻyicha amaliy ishlar amalga oshirilib, yoshlar hamda ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob beriladi.
Sana: 09-sentyabr
⏳ Vaqt: 14:30
Manzil: Navoiy shahar, “Yoshlik” MFY hududida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi.
Mo'ljal: Yangi bozordan Narpay markaziga qarab yurishda Metan gaz quyish shahobchasi yonida.
Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/v4gUHcSKk7WrPMKo6
👥 Mazkur uchrashuv va ochiq muloqotga taklif etamiz!
