Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
2026-08-28 16:10:00 / Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar

Shu kuni belgilangan tadbirlarning avvalida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1166-son Konstitutsiyaviy qonuni mazmun-mohiyati, uning bugungi kundagi ahamiyati hamda mamlakatimiz hayotidagi o‘rniga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda mazkur Konstitutsiyaviy qonun bilan belgilangan asosiy vazifalar, Prezident Administratsiyasining davlat boshqaruvidagi o‘rni, faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va qonunning ahamiyati xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Ma’ruzada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishda mazkur Konstitutsiyaviy qonunning ahamiyati, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va tinchlik-osoyishtalikning qadri haqida fikr yuritildi.
Shuningdek, tadbirlar davomida davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan “Mustaqillik. Tinchlik. Bunyodkorlik. Shukronalik” shiori ostida ilmiy-ma’naviy uchrashuv ham tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Baratov Mirodil Homutovich o‘zining qiziqarli, yangi faktlarga boy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan yurtimiz taraqqiyoti, mustaqillikka erishilganlik asriy orzu va bu yo‘lda erk uchun kurashlarning ijobati ekanligi, xalqimizning farovon hayoti va milliy qadriyatlarimizni yanada yuksaltirish tamoyillari hamda bu yo‘lda mehnat qilayotgan xalqimiz hayotini yanada yaxshilash tamoyillariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirlarning tantanali qismida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan munosib xizmat qilgan xodimlarni “Mustaqillikning 35-yilligi” ko‘krak nishonlari bilan tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Unda faol va munosib xizmatlari bilan sohadagi izchil islohotlarda samarali hissasini qo‘shayotgan xodimlarga “Mustaqillikning 35-yilligi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Ko‘tarinki va samimiy ruhda o‘tgan tadbirlarda Agentlik rahbariyati va xodimlar ishtirok etdilar hamda o‘zlarining keyingi faoliyatida katta motivatsiya oldilar.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube







