Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi
2026-09-05 21:50:00 / Yangiliklar
Test sinovlari 2026-yil 5-sentyabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
Jarayonda 3700 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari belgilangan tartib-qoidani buzgani sababli chetlatildi.
Test sinovlarining natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda Bank-moliya akademiyasiga taqdim etiladi.





