“ToshTech” texnika universitetiga kirish test sinovlari o‘tkazildi
2026-08-14 20:05:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi “Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–274-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “ToshTech” texnika universiteti va Bilim va malakalarni baholash agentligi hamkorligida kirish test sinovlari tashkil etildi

.
Test sinovlari 2026-yil 13-14-avgust kunlari “ToshTech” texnika universiteti binosida bo‘lib o‘tldi.
Test sinovida 665 nafar talabgor ishtirok etdi.
Test sinovlari natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgandan keyin “ToshTech” texnika universitetiga taqdim etiladi.
