Toshkent shahrida ham test jarayonlarining faol ishtirokchilari mehnati e’tirof etildi
2026-08-10 19:00:00 / Yangiliklar

Toshkent shahrida 2026–2027-o‘quv yilida o‘tkazilgan oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari davomida o‘z vazifalarini sidqidildan bajarib, abituriyentlar uchun teng va xolis sharoit yaratilishiga hissa qo‘shgan bir guruh nazoratchilar faoliyati munosib baholandi.
Faolligi, mas’uliyati va fidoyiligi bilan ajralib turgan nazoratchilarga Tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
Ularning mehnati – test sinovlarida tartib, ishonch va xolislikni ta’minlashga qo‘shilgan muhim hissa sifatida e’tirof etildi.
Har bir sifatli natija ortida o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashgan insonlar mehnati bor.
Agentlik test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazishga qo‘shgan hissasi uchun barcha guruh nazoratchilariga minnatdorlik bildiradi!






