Guruh nazoratchilari mehnati e’tirof etildi
2026-08-09 22:30:00 / Yangiliklar
2026–2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining belgilangan tartibda, adolat, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ta’minlashda faol ishtirok etgan bir guruh nazoratchilarning mehnati e’tirof etildi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan test sinovlari jarayonida mas’uliyat va fidoyilik bilan faoliyat yuritgan nazoratchilarga Tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Nazoratchilarning mas’uliyatli yondashuvi, halolligi va kasbiy mas’uliyati kirish test sinovlarining ishonchli, xolis va shaffof o‘tishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Agentlik test sinovi jarayonlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishiga o‘z hissasini qo‘shgan barcha guruh nazoratchilariga samimiy minnatdorlik bildiradi!








