Akademik litseylarga qabul test sinovlari
2026-07-25 18:00:00 / Rasmiy munosabatlar

#Qabul2026 #Abituriyent2026
Avval xabar qilinganidek, 24-25-iyul kunlari Akademik litseylarga qabul test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 66 033 nafar abituriyentdan 57 ming nafardan ortig‘i ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari tartib-qoidani buzganligi sababli jarayondan chetlatildi.
Eslatma, imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!






