Davlat oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul test sinovlari
2026-07-19 18:50:00 / Yangiliklar
Test sinovlarining oltinchi kuni (19-iyul)da respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 70079 nafar abituriyentdan 63 ming nafardan ortiq‘i ishtirok etdi. Shulardan 13 nafari tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.

Abituriyentlardan o‘zlarining ruxsatnomalarida belgilangan manzil, sana va vaqtga amal qilishlarini so‘raymiz. Ular qatʼiy hisoblanib, o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.
Eslatma, test sinovi topshiriladigan kuni belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin yetib borish lozim. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarning asli talab etilishini unutmang.
Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!







