TO‘RTINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI
2026-07-18 20:20:00 / Yangiliklar
2026-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
@bmba_natija_bot
@bmba_natija_1bot
@bmba_natija_2bot
