Yoshlarimiz hamisha diqqat-e'tiborimizda
2026-07-02 18:30:00 / Yangiliklar

2026-yil “30-iyun - Yoshlar kuni”da Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limi vakillari tomonidan yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Oyning eng yosh faol kitobxoni” tanloviga bag‘ishlangan uchrashuv hamda 2026-yil 2-iyun kuni Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati bo'limi ishtirokida yoshlar va ota-onalar bilan samimiy tadbir tashkil etildi.
Samarqand viloyatida o‘tkazilgan “Oyning eng yosh faol kitobxoni” tanlovi davomida esa ishtirokchilar o‘zlarining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, bilim va dunyoqarashi, asarlar mazmunini tahlil qilish hamda fikrlarini erkin ifoda etish qobiliyatlari orqali bellashdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra, Temirov Muhammadjon Ilhom o‘g‘li tanlov g‘olibi deb topildi hamda munosib ravishda taqdirlandi.
Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan bayramona uchrashuvda esa mamlakatimizning jasoratli, ilmli kelajak timsoli bo‘layotgan o'quvchi yoshlar va ularning ota-onalari uchun Prokuratura, Mudofaa vazirligi va Surxondaryo viloyat bo'limi xodimlari yoshlarga istiqboldagi rejalar, ta'lim olish, huquqiy savodxonlikni oshirish va o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma'lumot berishdi. Ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Mazkur tadbirlar yoshlar orasida faxr va g‘urur tuyg‘usini tuyish muhitini rivojlantirish, bilimga intiluvchan va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchrashuvlarning asosiy maqsadi yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlari, kasbiy rivojlanishi, vatanparvarlik fazilatlarini mustahkamlash hamda kelajakdagi istiqbollari ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, ishtirokchilarning bilim va malakasini oshirishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularni zamonaviy kasblarni egallashga rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.






