2026-yilning III choragida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari
2026-07-02 12:00:00 / Yangiliklar
Oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazsish bilan bog'liq tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati yopiq ish rejimiga o'tkazilishi sababli iyul oyida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari tashkil etilmaydi.
Test sinovlari 2026-yilning avgust-sentabr oylarida quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:
AVGUST:
2026-yil 13-avgust
2026-yil 27-avgust
SENTABR:
2026-yil 10-sentabr
2026-yil 24-sentabr
DIQQAT: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.
Izoh: test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
