30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligida faol yoshlar taqdirlandi
2026-06-30 17:40:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan 30-iyun – Yoshlar kuni arafasida Bilim va malakalarni baholash agentligida samarali mehnat qilayotgan, o‘zining tashabbuskorligi, mas’uliyatli yondashuvi va yuqori natijalari bilan jamoada namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh faol yosh xodimlar taqdirlandi.
Tadbir davomida yoshlarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning kasbiy mahoratini yanada oshirish, intellektual salohiyatini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida esdalik sovg‘alari hamda sara kitoblar topshirildi.
Uchrashuvda yoshlarning yangi g‘oyalari va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, jamoada faol ishtirokini ta’minlash hamda kelgusidagi faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.
Agentlikda yosh kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish, intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda fidoyi mehnatini munosib e’tirof etish doimo rahbariyat e'tiborida bo‘lishi eslatib o‘tildidi.
Tadbir davomida rahbariyat barcha yoshlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy tabrikladi! Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu ishlarida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘liq, cheksiz g‘ayrat va yangi yutuqlar tiladi!




