Navoiy viloyatida sayyor qabul boʻlib oʻtadi.
2026-06-29 14:40:00 / Yangiliklar
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan hududlarda sayyor qabullar, ochiq muloqotlar tashkil etish an'anasi davom etmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuv Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-oʻquv amaliy markaz rahbarining oʻrinbosari Baratov Akmal Abdumajitovich ishtirokida Navoiy viloyatida, Xatirchi tumanidagi 5-umumta'lim maktabi binosida oʻtkaziladi.
Tadbirda fuqarolarning murojaatlarini joyida koʻrib chiqish, muammolarini tahlil qilish va hal qilishda koʻmaklashish boʻyicha amaliy ishlar amalga oshirilib, abituriyentlar hamda ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob beriladi.
Sana: 30-iyun
Vaqt: 10:00
Manzil: Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi 5-maktab binosi.
Yoshlar, abituriyentlar va fuqarolarni mazkur uchrashuv va ochiq muloqotga taklif etamiz!
