Sirdaryo viloyatida fuqarolar va yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-06-25 21:20:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir davomida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilindi va ko‘tarilgan har bir masala joyida ko‘rilib, batafsil o‘rganib chiqildi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan fuqarolarga davlat dasturlari, oliy ta’lim olish, malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan dolzarb, izchil islohotlar samarasi, davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbusi bilan yoshlarning zamonaviy tahsil olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar, ularga doir asoslovchi hujjatlar mazmun-mohiyati, ta’lim rag‘batlantirilayotgani xususida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, abituriyentlar, umumta’lim o‘quv dargohlarining bitiruvchilari, o‘qituvchilar va yoshlar bilan samimiy suhbat va ochiq muloqot tashkil etildi.
Yoshlarga “Yangi O‘zbekiston yoshlari - 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati, unda yoshlar uchun ko‘zda tutilgan maqsadlar, imkoniyatlar va loyihalar bo‘yicha muhim zarur huquqiy ma’lumotlar berildi. Sirdaryo viloyati yoshlarining bilimga, zamonaviy kasblarni egallash yo‘lidagi intilishi, sa’y-harakati e’tirof etilib, dasturni amalga oshirishda faol ishtirok etishlariga ishonch bildirildi.




