Xotin-qizlar tashabbuslari va faolligi qo‘llab-quvvatlanmoqda
2026-06-25 23:40:00 / Yangiliklar

Bugun, 25-iyun kuni Surxondaryo viloyati bo‘limi binosida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda qizlardan iborat yoshlar orasida bilimga qiziqishni oshirish, oliy ta’lim olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda test tizimidagi yangiliklar yuzasidan muhim va boy ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning tashabbuskorligi, oliy taʼlim olishga bo‘lgan qiziqish va intilishlari qo‘llab-quvvatlanib, zarur maslahat hamda tavsiyalar berildi. Ularning oila-oliy maʼlumot-ishlab chiqarish zanjiriga oid so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi hamda sohaga oid olib borilayotgan davlat siyosati doirasida ko‘mak berish masalasi muhokama qilindi.
Ushrashuvda 2026-2027-o'quv yilida onlayn ro'yxatdan o'tishning ko‘p bosqichli jarayonlariga alohida eʼtibor qaratildi.



