O‘zbekistonning 24 ta oliy ta’lim tashkiloti “THE Sustainability Impact Ratings-2026” reytingida Top 1000 talik ro‘yxatga kirdi
2026-06-27 08:15:00 / Yangiliklar

2026-yilgi reytingda O‘zbekistonning 50 ta oliy ta’lim tashkiloti qayd etildi. Shundan 24 tasi dunyoning Top 1000 talik oliy ta’lim tashkilotlari qatoridan munosib o‘rin oldi.
Reytingning eng yuqori natijalarini qayd etgan 24 ta oliy ta’lim tashkiloti:
➖ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – 101–200-o‘rinlar;
➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 101–200-o‘rinlar;
➖ O‘zbekiston Milliy universiteti – 201–300-o‘rinlar;
➖ “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 201–300-o‘rinlar;
➖ Buxoro davlat universiteti – 301–400-o‘rinlar;
➖ Samarqand davlat tibbiyot universiteti – 301–400-o‘rinlar;
➖ Termiz iqtisodiyot va servis universiteti – 301–400-o‘rinlar;
➖ Farg‘ona davlat texnika universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ Toshkent davlat texnika universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ Toshkent davlat yuridik universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ Termiz davlat universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti – 401–600-o‘rinlar;
➖ International School of Finance Technology and Science – 601–800-o‘rinlar;
➖ Navoiy davlat universiteti – 601–800-o‘rinlar;
➖ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti – 601–800-o‘rinlar;
➖ Samarqand davlat universiteti – 601–800-o‘rinlar;
➖ Toshkent davlat tibbiyot universiteti – 601–800-o‘rinlar;
➖ Toshkent davlat transport universiteti – 601–800-o‘rinlar;
➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – 601–800-o‘rinlar;
➖ Farg‘ona davlat universiteti – 801–1000-o‘rinlar;
➖ O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi – 801–1000-o‘rinlar;
➖ Toshkent farmatsevtika instituti – 801–1000-o‘rinlar.
Ushbu natijalar mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish va universitetlarning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasidagi izchil islohotlar samarasi hisoblanadi.
