Farg‘ona va Namanganda “Yoshlar kuni” uchrashuvlarga boy bo‘ldi
2026-06-12 16:10:00 / Yangiliklar
Har payshanba - “Yoshlar kuni” munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligining Farg‘ona va Namangan viloyat bo‘limlari vakillari tomonidan yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida:
onlayn ro‘yxatdan o‘tishning bosqichlari, foydalanish talab va qoidalari;
test sinovlarining shaffof, xolis va adolatli tashkil etilishi;
oliy ta’lim muassasalariga kirishda amal qilinayotgan imtiyozlar hamda sertifikat tizimining afzalliklari;
yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
Tadbirlar davomida, yoshlarning fikr-mulohazalari va takliflari diqqat bilan tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha va asosli javob berildi.
Mazkur uchrashuvlar yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirish hamda kelajakka ishonch bilan odimlashlariga mustahkam zamin yaratadi.





