Musiqiy madaniyat o‘qituvchilari imtihon topshirdilar
2026-06-08 22:00:00 / Yangiliklar
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 8-iyun kuni musiqa madaniyati fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi.

Talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
Talabgorlar test sinovlarini “Onlayn test” axborot tizimi orqali topshirdilar.
Jarayonda 126 nafar musiqa madaniyati o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.






