SAT sertifikatiga ega abituriyentlar imtiyozdan qanday foydalanadi?
2026-06-05 23:00:00 / Yangiliklar

Abituriyent “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan bo‘lishi lozim.
➖ Mazkur sertifikatga ega abituriyentlar, agar sertifikat fanlari (matematika va chet tili) tanlangan bakalavriat yo‘nalishi imtihonlar majmuasida mavjud bo‘lsa, oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
📥 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonida imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari rasmiy platforma orqali 35787 DI kodi bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborilishi lozim.
Natijalar elektron shaklda DI kodi orqali Agentlikka quyidagi tartibda yetkaziladi:
1️⃣ Standart tartib (Score Report): Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yetkaziladi.
2️⃣ Tezkor xizmat (Rush): Natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Agentlikka taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga muvofiq, davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayonida test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish bugundan, ya’ni 5-iyundan boshlandi va 25-iyunga qadar davom etadi. Abituriyentlardan sertifikatlar vaqtida yetib kelishi uchun yuborish jarayonini kechiktirmasliklari so‘raladi.
❗️Eslatma, agentlik tomonidan faqat DI kod (35787) orqali kelib tushgan SAT sertifikatlari haqiqiy deb topiladi. Qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul jarayonida mutlaqo hisobga olinmaydi.
