Bank-moliya akademiyasining magistraturasiga o‘qishga kirish sinovlari
2026-06-06 20:55:00 / Yangiliklar
2026-yil 6-iyun kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.

Imtihonlarda Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga kirish uchun 2,2 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
Test sinovi natijalari belgilangan tartibda Bank-moliya akademiyasiga taqdim etiladi va Akademiya tomonidan e'lon qilinadi.






