Huquqni muhofaza qilish akademiyasining "Tergov faoliyati" yo'nalishiga qabul uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi
2026-06-06 19:30:00 / Yangiliklar
2026-yil 6-iyun (shanba) kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining "Tergov faoliyati" yo'nalishiga o'qishga kirish uchun maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o'tkaziladi.

📆 2026-yil 6-iyun (shanba) kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining "Tergov faoliyati" yo'nalishiga o'qishga kirish uchun maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o'tkaziladi.
🗺 Imtihonlar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 1 ta smenada tashkil etiladi.
👨💻 Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini https://my.uzbmb.uz/service/63 havolasi orqali bilishi va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin.
⏳ Talabgorlarni imtihonga kiritish soat 13:00 dan 14:00 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi. Soat 14:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
