Musiqa madaniyati fanidan malaka imtihoni
2026-05-18 18:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktyabrdagi 652-son qaroriga muvofiq musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Shunga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 8-10-iyun kunlari musiqa madaniyati fanidan malaka imtihonining birinchi bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda (ikkinchi bosqichi - amaliy (ijodiy) imtihon tegishli vazirliklar tomonidan o‘tkaziladi).
Talabgorlar mazkur fandan malaka imtihonida ishtirok etish uchun 18-23-mayga qadar (shu kuni ham) my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
To‘lovning oxirgi muddati esa 24-may.
Talabgorlar test varianti tafsilotlari, test topshiriqlari formatlari va boshqa muhim ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin.
