Agentlikning yangi binosi yangi ko‘rinish olmoqda
2026-05-02 11:50:00 / Yangiliklar
Bilim va malakalarni baholash agentligining yangi binosi hududida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirildi.

Bilim va malakalarni baholash agentligining yangi binosi hududida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar hududda ekologik jihatdan sog‘lom, obod va ko‘rkam muhitni shakllantirishga qaratilgan.
Jarayon davomida binoga tutash hudud tartibga keltirilib, manzarali daraxtlar, gullar va butalar ekish, yashil maydonlar tashkil etish hamda tashqi infratuzilmani yanada obod qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Obodlik va ko‘kalamzorlik sari tashlanayotgan har bir qadam atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni mustahkamlashga xizmat qiladi.



