Yangi binoda obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlandi
2026-04-29 15:25:00 / Ekofaol xodim

Bilim va malakalarni baholash agentligining Toshkent viloyatidagi foydalanishga topshirilgan yangi binosida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Agentlik faoliyati uchun zamonaviy, qulay va “Yashil makon” doirasida ekologik jihatdan sog‘lom muhit yaratish, shuningdek, xodimlar hamda talabgorlar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash mazkur ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad hisoblanadi.
Ko‘kalamzorlashtirish jarayonida bino atrofidagi hudud tartibga keltirilib, manzarali daraxt va butalar ekish, yashil maydonlar tashkil etish, hududning tashqi ko‘rinishini yanada ko‘rkamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, obodonlashtirish ishlari yangi binoda ish jarayonlarini samarali tashkil etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda agentlikning zamonaviy infratuzilmasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan ushbu ezgu ishlar nafaqat hududning chiroyiga chiroy qo‘shadi, balki tabiatga ehtirom, ekologik madaniyat va obodlikka bo‘lgan mas’uliyatni yanada mustahkamlaydi.





