Prezident “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etdi
2026-04-01 16:50:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Davlatimiz rahbarining so‘zlariga ko‘ra, xalqimizga xos ezgu qadriyatlar zamirida besh yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilib, har yili 200 million tup ko‘chat ekib kelinmoqda.
O‘tgan qisqa davrda respublikada yashillik darajasi 8 foizdan 14,2 foizga oshgan.
2026-yilda “Men ham ko‘chat ekaman” tashabbusi doirasida 75 million tupdan ziyod daraxt va buta ko‘chati ekildi.
Yaxshi niyatda ekilgan har bir ko‘chat bu – hayot, bu – toza havo, bu – sog‘lom muhit, bu – kelajak demak!”
– dedi davlatimiz rahbari.
Prezident tadbirda qatnashgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘rmonlar bo‘yicha forumi raisi Ismoil Belen, ushbu forumning Kotibiyati direktori Julyet Biao, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari hamda barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Shundan so‘ng Prezidentimiz tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekishga kirishdi. Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz tomonidan yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o‘tqazish boshlandi.
Batafsil @Press_Secretary_Uz da tanishing.




