Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “A380 “G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu” avtomobil yo‘lining 581–673 km qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
KONSАLTING XIZMАTLАRI BOʼYICHА
QIZIQISH BILDIRISH UCHUN TАKLIF
OTB ishtirokida amalga oshirilayotgan А380 "Gʼuzor–Buxoro–Nukus–Beyneu" avtomobilь yoʼlining 581–673 km qismidagi Toʼrtkoʼl, Ellikqalʼa va Beruniy shaharlarini aylanib oʼtuvchi yoʼl qurilishi” loyihasi doirasida.
Аvtomobil yullar qumitasi OTB ishtirokida amalga oshirilayotgan А380 "Gʼuzor–Buxoro–Nukus–Beyneu" avtomobilь yoʼlining 581–673 km qismidagi Toʼrtkoʼl, Ellikqalʼa va Beruniy shaharlarini aylanib oʼtuvchi yoʼl qurilishi” loyihasi doirasida qurilish ishlari boʼyicha texnik nazorat xizmatlarini koʼrsatish uchun konsalting kompaniyani tanlash jarayonini eʼlon qiladi.
Konsalting xizmatlari quyidagilarni oʼz ichiga oladi (lekin faqat shu bilan cheklanmaydi):
• amaldagi standartlar, meʼyorlar va amaliyotlarni koʼrib chiqish,
• ishchi loyihani (rabochiy proekt) tahlil qilish,
• xalqaro pudratchi tomonidan bajariladigan barcha qurilish ishlarini sifat va hajm boʼyicha sertifikatlash,
• shartnoma yuritish,
• loyihaning ijobiy taʼsirini monitoring qilish va baholash.
Kompaniyalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
• boshqaruv tajribasi,
• texnik tajriba,
• geografik tajriba, jumladan mamlakat va mintaqaviy tajriba.
Texnik topshiriq (TT) va qoʼshimcha maʼlumotlar bilan tanishish uchun ADB CSRN saytiga www.csrn.adb.org manzili orqali kirishingizni soʼraymiz.
Manzil:Mustaqillik shoh koʼchasi 68,
Toshkent, 100000, Uzbekiston
El. pochta: mff-pmu-92km@mail.ru
