Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “D 213 “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Amudaryo daryosi — A380” avtomobil yo‘lining 0 — 84 km (84 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi bo‘yicha MAʼLUMOT
|
Loyiha nomi: |
Xorazm viloyati mintaqaviy yo‘llari |
|
Davlat: |
O‘zbekiston Respublikasi |
|
Sektor: |
Transport |
|
Loyiha identifikatori: |
51265 |
|
Moliyalash manbai: |
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YETTB) |
|
Xarid usuli: |
Ochiq bir bosqichli ikki konvertli tender savdolari |
|
Bildirishnoma turi: |
Tender e’loni |
|
Kontrakt: |
1. D213 avtomobil yo‘lining Urganch – Xonqa – Xazorasp – Tashsaka orqali – Amudaryo – A380 avtomobil yo‘lining (553-km) yo‘nalishidagi 0–43 km oralig‘ini rekonstruksiya qilish (1-lot). 2. D213 avtomobil yo‘lining Urganch – Xonqa – Xazorasp – Tashsaka orqali – Amudaryo – A380 avtomobil yo‘lining (553-km) yo‘nalishidagi 43–84 km oralig‘ini rekonstruksiya qilish (2-lot). |
|
Shartnoma turi: |
Yo‘l qurilish ishlari |
|
ECEPPda e’lon qilingan sana: |
02/07/2025 9:00 Toshkent vaqti bo‘yicha |
|
Mazkur takliflarni taqdim etishga doir taklifnoma yuqorida ko‘rsatilgan loyihaning xaridlar bo‘yicha umumiy e’lonining (General Procurement Notice) davomi sifatida, 2025-yil 1-iyul sanada (yangilangan tahrirda) Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Mijozlar uchun Elektron Xaridlar Portalida (ECEPP) – https://ecepp.ebrd.com manzilida e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Avtoyulinvest” agentligi, buyurtmachi va loyiha ijrochisi sifatida, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB)ning moliyaviy ko‘magida, avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rekonstruktsiya qilish loyihasida ishtirok etish uchun malakasi yuqori bo‘lgan yo‘l qurish tashkilotlarini tanlash jarayonini boshlaydi.
|
|
|
Batafsil maʼlumot: |
|
