Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 15 apreldagi PQ-157-son “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori.
Qarz bitimi: 2023 yil 29 dekabrda imzolangan. Amal qilish muddati: 2032 yil 25 aprelga qadar.
Moliyalashtirish shartlari:
Kredit shartnomasi: Loan 4426-UZB (imtiyozli); kredit miqdori: 240 mln dollar; kredit muddati: 24 yil; imtiyozli davr: 5 yil; foiz stavkasi: 2% yillik.
Kredit qiymati: 240 mln doll.
Amalga oshirish muddati: 2024–2032 yy.
Loyiha quvvati: 841 km.
Loyiha hududi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 ta viloyat.
Loyihaning umumiy qiymati va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha taqsimoti:
Loyihaning umumiy qiymati 304,9 mln dollarni tashkil qiladi, shundan Osiyo taraqqiyoti banki ulushi – 240,0 mln dollar, O‘zbekiston Respublikasining ulushi – 64,9 mln dollar.
