Jahon banki ishtirokidagi "Aloqa va transport sohasini takomillashtirish" loyihasi doirasida M41 avtomobil yo‘lining 97 km qismini rekonstruksiya qilishda Loyiha boshqaruvi va qurilish ustidan nazorat bo'yicha konsultant tashkiloti tanlovi
Qiziqish bildirish so‘rovnomasi
(Konsultant xizmatlari – kompaniyalar tanlovi)
O‘zbekiston Respublikasi
Aloqa va transport sohasini takomillashtirish loyihasi
Loyiha raqami: P509487
Topshiriq nomi: M41 avtomobil yo‘lining 97 km qismini rekonstruksiya qilishda Loyiha boshqaruvi va qurilish ustidan nazorat
Ma’lumot raqami (Xaridlar rejasiga muvofiq): UZ-CTSIP-10001-CS-QCBS
O‘zbekiston Respublikasi Jahon banki guruhining Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiga
Aloqa va transport sohasini takomillashtirish loyihasini moliyalashtirish so‘rovi bilan murojaat qilgan, bunda mablag‘larning bir qismini konsultant xizmatlariga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Konsultant xizmatlari (“Xizmatlar”) M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1525-1622 km (97 km) qismini rekonstruksiya qilish doirasida loyiha boshqaruvi va qurilish ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi, bunda amalga oshirish davri 2026-2030-yillar ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur Xizmatlarning asosiy xarid bosqichi uchun texnik topshiriq ushbu qiziqish bildirish so‘rovnomasiga ilova qilingan.
Shu munosabat bilan, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi “Avtoyo‘linvest” agentligi talablarga javob beradigan konsultant kompaniyalarini (“Konsultantlar”) Xizmatlarni ko‘rsatish uchun qiziqish bildirishga taklif qiladi. Qiziqish bildiradigan Konsultantlar Xizmatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka va tegishli tajribaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Qisqa ro‘yxatni shakllantirish mezonlari quyidagilardan iborat:
(i) kompaniya so‘nggi 10 (o‘n) yil davomida sohada faoliyat yuritib kelayotgan va qurilish ustidan nazorat xizmatlarini ko‘rsatgan bo‘lishi kerak;
(ii) kompaniya kamida 3 ta (uchta) yakunlangan, xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtirilgan, har birining qiymati 4 (to‘rt) million AQSH dollariga teng va undan yuqori bo‘lgan, ko‘lami, hajmi va murakkabligi jihatidan 2018-yil yanvardan bugungi kunga qadar yo‘l qurilishi loyihalari doirasida to‘liq ish vaqti asosida loyihani boshqarish va qurilish obyektida texnik nazoratni olib borish amaliyotlariga o‘xshash bo‘lgan hamda donorning atrof-muhit va ijtimoiy xavfsizlik choralarini ta’minlashni monitoring qilish funksiyasini o‘z ichiga olgan shartnomalarda (topshiriqlar) “Injener” sifatida tajribaga ega bo‘lgan bo‘lishi lozim. O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi ish tajribasi afzallik hisoblanadi. (Izoh: Konsultantlar o‘z ish tajribasini aniq ko‘rsatishlari zarur, jumladan konsultant xizmatlari qiymati, topshiriq davomiyligi, boshlanish va yakunlanish sanalari, loyiha hududi, shuningdek avtomobil yo‘lining batafsil xususiyatlari, jumladan uzunligi, kengligi, qatnov tasmalari soni, yo‘l qoplamasi va shu kabilar);
Qo‘shma korxona holatida: Qo‘shma korxona a’zolari yuqoridagi talablarga mos keladigan 3 ta (uchta) o‘xshash shartnomani birgalikda (xuddi shu a’zolar bilan) bajargan bo‘lishlari kerak.
(iii) kompaniya oxirgi 2 (ikki) hisobot yilining (2023-2024) har birida kamida 2 (ikki) million AQSh dollariga teng miqdorda yillik daromadni auditorlik tekshiruvidan o‘tgan moliyaviy hisobotlar bilan tasdiqlangan holda namoyish qilishi kerak;
(iv) kompaniya pul oqimidagi ehtimoliy uzilishlarni qoplash uchun kamida 1 (bir) million AQSh dollari qiymatidagi likvid aktivlarga ega bo‘lishi (2024-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra) va buni eng so‘nggi moliyaviy hisobotlar yoki bank tasdiqnomalari bilan tasdiqlashi kerak;
(v) kompaniya ISO 9001 va ISO 14001 yoki unga tenglashtirilgan sertifikatlarning egaligini namoyish qilishi kerak.
Qo‘shma korxonalar uchun (agar mavjud bo‘lsa): Qo‘shma korxonada a’zolarning maksimal soni 2 (ikkita) bo‘lishi kerak. (iii) va (iv) mezonlar uchun - Yetakchi a’zo daromad yoki zaxiralar bo‘yicha talablarga javob berishi kerak.
Qisqa ro‘yxatni shakllantirish bosqichida asosiy mutaxassislar baholanmaydi.
Qisqa ro‘yxat 5 tadan 8 tagacha kompaniyani o‘z ichiga oladi.
Qiziqish bildiradigan konsultantlar e’tibori Jahon bankining manfaatlar to‘qnashuviga oid siyosatini bayon etuvchi 2025-yil sentyabr oyidagi “Xarid qoidalari” (Procurement Regulations for IPF Borrowers) III bo‘limi, 3.13, 3.15 va 3.16-bandlariga qaratiladi.
Konsultantlar o‘z malakalarini oshirish uchun boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qilishlari mumkin, biroq hamkorlik qo‘shma korxona va/yoki sub-konsultantlik shaklida ekanligini aniq ko‘rsatishlari kerak. Qo‘shma korxona holatida, barcha a’zolar butun shartnoma uchun birgalikda va alohida javobgar bo‘ladilar.
Konsultant Jahon bankining “Qarz oluvchilar uchun xaridlarni amalga oshirish qoidalari”da nazarda tutilgan va takliflar so‘rovida (RFP) batafsil bayon etilgan sifat va qiymatga asoslangan tanlov (QCBS) usuliga muvofiq tanlab olinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi manzildan ish soatlarida olish mumkin.
Qiziqish bildirishnomalari yozma ravishda quyidagi manzilga (shaxsan, pochta yoki elektron pochta orqali) 2026-yil 15-may, soat 15:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) topshirilishi kerak. Kechikib topshirilgan qiziqish bildirishnomalari qabul qilinmaydi.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi “Avtoyo‘linvest” agentligi
Kimga: Asliddin Isayev, Direktor
Mustaqillik shoh ko‘chasi 68, Mirzo Ulug‘bek tumani
100000, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
Telefon raqami: +99871 268-97-08
Elektron pochta manzili: ctsi.project.uzb@gmail.com
Texnik topshiriqlarni inglis tilida yuklab olish ESIA_M41.pdf, RAP_M41_1_.pdf, BMP_M41.pdf, ESMP_M41.pdf, Road alignment.pdf, RPF_M41.pdf, ToRs_CSC.pdf
