OTB ishtirokida «Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish» loyihasi amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumot
I. Loyihaning qisqacha mazmuni:
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PQ-157-son qarori.
Kredit qiymati - 240 mln. doll.
Qarz bitimi: 2023-yil 29-dekabrda imzolangan. 2024-yil 25-aprelda kuchga kirgan.
Qarz bitimi tugash muddati: 2032 yil 25 aprel.
Ma’lumot uchun: OTB 240,0 mln dollar qarz mablag‘lari 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yilga, yillik 2 foiz stavkasida ajratildi.
Loyihani amalga oshirish muddati – 9 yil (2024–2032 yillar), shu jumladan qurilish ishlari 4 yil (2024-2027 yillar) hamda saqlash va ekspluatatsiya qilish ishlari 5 yil (2028-2032 yillar).
Loyiha quvvati: 841 km uzunlikdagi sement-beton qoplamali mahalliy va ichki yo‘llar quriladi. Ma’lumot uchun: Ikkinchi bosqichda 150 km, shundan: Jizzax viloyati – 83 km va Sirdaryo viloyati 67 km.
Uchinchi bosqichda 691 km, shundan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 62 km, Xorazm viloyati – 67 km, Buxoro viloyati – 61 km, Navoiy viloyati – 61 km, Samarqand viloyati – 60 km, Qashqadaryo viloyati – 61 km, Surxondaryo viloyati – 65 km, Toshkent viloyati – 59 km, Farg‘ona viloyati – 62 km, Namangan viloyati – 62 km, Andijon viloyati – 71 km.
II. Holati:
1. Qurilish ustidan texnik nazorat konsalting xizmati (5 ta klaster, jami budjeti 6,764 mln dollar, shundan 1-klaster: Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatida qurilish ustidan texnik nazorat budjeti - 1,408 mln dollar):
08.02.2024-yilda loyiha doirasida Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida texnik nazoratni amalga oshirish (CSC) bo‘yicha tender savdolari e’lon qilindi.
03.12.2024-yilda “Avtoyo‘linvest” agentligi va “Yo‘linjiniringloyiha” konsalting kompaniyasi o‘rtasida qurilish ustidan texnik nazorat konsalting xizmati ko‘rsatish bo‘yicha 1 238 638 dollar qiymatida shartnoma tuzildi.
18.12.2024-yilda Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazoratni amalga oshirishni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
Hozirda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazoratni amalga oshirmoqda.
2-klaster: Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida qurilish ustidan texnik nazorat budjeti - 1,4 mln dollar):
18.12.2025-yilda loyiha doirasida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida texnik nazoratni amalga oshirish (CSC,C11) bo‘yicha tender savdolari e’lon qilindi. 26.03.2026-yilda tender natijalari asosida OTB tomonidan “Rhythm Plus LLC” (O‘zbekiston) konsalting kompaniyasi bilan Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida qurilish ustidan texnik nazoratni amalga oshirish yuzasidan shartnoma tuzishga rozilik bildirdi. Hozirda shartnoma tuzish muzokaralari olib borilmoqda.
2. Subloyihalarni tayyorlash bo‘yicha konsalting xizmati (budjet 2,35 mln doll.):
Ma’lumot uchun: OTB talabiga ko‘ra, 3-bosqich uchun DUE DILIGENCE (shakllantirilgan ichki yo‘llar ro‘yxatini OTB talablariga mosligini tekshirish, loyihaning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ta’sirini o‘rganish) hisobotlarini tayyorlash Subloyihalarni tayyorlash bo‘yicha konsultant tomonidan amalga oshirilishi va OTB bilan kelishilishi belgilangan.
23.01.2024-yilda Subloyihalarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro konsultantni tanlash (SPC) yuzasidan tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi.
14.02.2025-yilda “DONGSUNG ENGNEERING CO.LTD” konsalting kompaniyasiga shartnoma tuzish bo‘yicha xat yuborildi.
18.03.2025-yilda “Avtoyo‘linvest” agentligi va “DONGSUNG ENGNEERING CO.LTD” konsalting kompaniyasi o‘rtasida Subloyihalarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro konsultant (SPC) konsalting xizmati bo‘yicha 2 315 380 dollar qiymatida shartnoma tuzildi.
25.03.2025-yilda 3-bosqich uchun DUE DILIGENCE (shakllantirilgan ichki yo‘llar ro‘yxatini OTB talablariga mosligini tekshirish, loyihaning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ta’sirini o‘rganish) hisobotlarini tayyorlashni amalga oshirishni boshlash yuzasidan xabarnoma xati yuborildi.
Bugungi kunda Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida shakllantirilgan mahalliy va ichki yo‘llar ro‘yxatini OTB talablariga mosligini o‘rganmoqda.
3. Loyihani boshqarish bo‘yicha konsalting xizmati (budjet 2,478 mln doll.):
22.02.2024-yilda Loyihani boshqarish bo‘yicha xalqaro konsultantni tanlash (PMC) yuzasidan tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi.
14.04.2025-yilda “Avtoyo‘linvest” agentligi va “SAMAN CORPORATION & KYONG DONG ENGINEERING CO. LTD” konsultant kompaniyasi o‘rtasida “Loyihani boshqarish bo‘yicha xalqaro konsultant” (PMC) konsultant xizmati bo‘yicha 2 419 979 dollar qiymatida shartnoma tuzildi.
21.04.2025-yilda “Loyihani boshqarish bo‘yicha xalqaro konsultant” (PMC) konsultant xizmati bo‘yicha ishlarni boshlash yuzasidan xabarnoma xati yuborildi.
“SAMAN CORPORATION & KYONG DONG ENGINEERING CO. LTD” konsultant kompaniyasi 02.05.2025-yildan boshlab mobilizatsiya ishlarini amalga oshirdi.
27.05.2025-yilda kompaniya tomonidan Boshlang‘ich davriy hisobotni ishlab chiqildi va OTBga kelishish uchun yuborildi.
Hozirgi kunda, “SAMAN CORPORATION & KYONG DONG ENGINEERING CO. LTD” konsultant kompaniyasi OTB va shartnoma talablaridan kelib chiqib, 2024 yil iyul-dekabr oylari va 2025 yil yanvar-iyun, iyul-dekabr oylari uchun davriy yarim yillik ijtimoiy holatni monitoring qilish hisobotlarini ishlab chiqdi va OTB tomonidan tasdiqlandi.
4. Pudratchilarni aniqlash:
a) Sirdaryo viloyati (3 ta lot - jami budjet 17,6 mln doll)
02.02.2024-yilda Sirdaryo (3 ta Lot) viloyati “Qurilish ishlari” (Package 2) bo‘yicha pudratchi tashkilotni tanlash bo‘yicha tender savdolariga e’lon berildi.
04.11.2024-yilda pudratchi tashkilot - “Nizomiddin Imkon Servis LLC – Dineshchandra R. Agrawal Infracon Private Limited” qo‘shma korxonasi bilan Lot 1 doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 5 242 954 dollar qiymatidagi shartnoma tuzildi.
13.12.2024-yilda Sirdaryo viloyatida Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 1 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
Sirdaryo viloyati Lot 2 va 3 (qayta tender, budjet 12,46 mln dollar)
03.10.2024 yilda Sirdaryo viloyati (CW02) bo‘yicha 2 ta qurilish loti (2 va 3 lotlar) bo‘yicha tender ishtirokchilarning malakasi (mahalliy pudratchilar) to‘g‘ri kelmaganligi sababli, tender savdolari me’zonlari yanada yengillashtirilib, o‘zgartirilgan tender hujjatlari OTB ga rozilik olish uchun yuborildi. O‘z navbatida OTB yangilangan tender hujjatlari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish talabini bildirdi.
04.12.2024-yilda Sirdaryo viloyati Lot 2, 3 bo‘yicha OTB portali va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy vebsaytida qayta tender savdolariga e’lon berildi.
13.06.2025-yilda pudratchi tashkilot - “Romiton Trans Yo‘l Qurilish” MCHJ bilan 2-Lot doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 5 050 000 dollar qiymatidagi RRRSP/CW02/Lot2-sonli shartnoma tuzildi.
14.06.2025-yilda Konsultant-Injener tomonidan Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 2 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
11.06.2025-yilda pudratchi tashkilot - “Me'yor Qurilish Asfalt” MCHJ va “2-Son MKK” MCHJ qo‘shma korxonasi bilan 3-Lot doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 4 467 459 dollar qiymatidagi RRRSP/CW02/Lot3-sonli shartnoma tuzildi.
11.06.2025-yilda Konsultant-Injener tomonidan Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 3 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
b) Jizzax viloyati (4 ta lot - jami budjet 19,8 mln doll)
02.02.2024-yilda Jizzax (4 ta Lot) viloyati “Qurilish ishlari” (Package 1) bo‘yicha pudratchi tashkilotni tanlash bo‘yicha tender savdolariga e’lon berildi.
04.11.2024-yilda pudratchi tashkilot - “Trans Logistik” MCHJ bilan Lot 1 doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 5 766 500 dollar qiymatidagi shartnoma tuzildi.
13.12.2024-yilda Jizzax viloyatida Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 1 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
Jizzax viloyati Lot 2, 3 va 4 (qayta tender, budjet 13,76 mln dollar).
08.10.2024-yilda Jizzax viloyati (CW01) bo‘yicha 3 ta qurilish loti (2, 3 va 4 lotlar) bo‘yicha tender ishtirokchilarning malakasi (mahalliy pudratchilar) to‘g‘ri kelmaganligi sababli, tender savdolari me’zonlari yanada yengillashtirilib, o‘zgartirilgan tender hujjatlari OTB ga rozilik olish uchun yuborildi. O‘z navbatida OTB yangilangan tender hujjatlari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish talabini bildirdi.
04.12.2024-yilda Jizzax viloyati Lot 2, 3, 4 bo‘yicha OTB portali va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy vebsaytida qayta tender savdolariga e’lon berildi.
11.06.2025-yilda pudratchi tashkilot - “Samarqand Uzbekgazsuv Qurilish” MCHJ va “AK-ZHOL” XK (O‘zbekiston-Qozog‘iston) qo‘shma korxonasi bilan 2-Lot doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 4 238 339,94 dollar qiymatidagi RRRSP/CW01/Lot2-sonli shartnoma tuzildi.
01.08.2025-yilda Konsultant-Injener tomonidan Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 2 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
11.06.2025-yilda pudratchi tashkilot - “Me'yor Qurilish Asfalt” MCHJ va “2-Son MKK” MCHJ qo‘shma korxonasi bilan 3-Lot doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 2 906 540 dollar qiymatidagi RRRSP/CW01/Lot3-sonli shartnoma tuzildi.
11.06.2025-yilda Konsultant-Injener tomonidan Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 3 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
13.06.2025-yilda pudratchi tashkilot - “New Tech Samarkand” MCHJ bilan 4-Lot doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 5 044 214,75 dollar qiymatidagi RRRSP/CW01/Lot 4-sonli shartnoma tuzildi.
04.08.2025-yilda Konsultant-Injener tomonidan Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 4 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
Bugungi kunda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar:
Jizzax viloyati Paket-1, 1-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “Trans Logistik” MCHJ.
Obyekt: G‘allaorol tumani 4K237 “M39 avtoyo‘li (1032 km) - Lalmikor temir yo‘l stansiyasi-Oqtosh q.” avtomobil yo‘lining 12-38 km (26 km) qismi.
Bajarilgan ishlar:
26 km uzunlikdagi qismida qismida mavjud asfaltbeton qoplamani frezani bilan kesib olish ishlari yakunlandi;
26 km uzunlikdagi qismida yer ishlari amalga oshirildi;
3 km uzunlikdagi qismida h-25 sm qalinlikda sement bilan mustaxkamlangan (M75) markali yul asosini yotqizish ishlari amalga oshirildi.
M350 markali sementbeton qoplama uchun zarur inert materiallar zahira qilindi.
Qurilish maydonida 120 m3/soat quvvatli beton zavod qurilishi ishlari yakunlandi. Suv tanqisligini inobatga olib, obyekt yaqinida 2 joyda 210 metr chuqurlikda suv quduqlari qazilib, ishga tushirildi.
Jizzax viloyati 1-Paket, 2-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “Samarqand Uzbekgazsuv Qurilish” MCHJ va “AK-ZHOL” XK qo‘shma korxonasi.
Obyekt: G‘allaorol tumani G‘obdin qishlog‘i ichki avtomobil yo‘lining 0-26 km (26 km) qismi
obyektida pudratchi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va mobilizatsiya ishlarini amalga oshirildi.
7,8 km uzunlikda mavjud asfaltbeton qoplamani freza bilan kesib olish ishlari bajarildi.
M75 markali sement bilan mustaxkamlangan yo‘l asosini qurish uchun zarur inert materiallar zahira qilindi.
Qurilish maydonida 120 m3/soat quvvatli beton zavod qurilishi ishlari yakunlandi.
Pudratchi tashkiloti tomonidan baza hamda beton zavod qurish ishlari bajarilmoqda.
PK117+00÷PK202+00 oralig‘ida mavjud asfaltbeton qoplamani freza bilan kesish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Jizzax viloyati 1-Paket, 3-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “Me'yor Qurilish Asfalt” MCHJ va “2-Son MKK” MCHJ qo‘shma korxonasi.
Baxmal tumani 4N1238v “4R41 avtoyo‘lidan - Novqa qishlog‘iga” avtomobil yo‘lining 0-5 km (5,1 km) qismida yo‘l asosi uchun qum-shagal aralashmasini (QSHA) zahira (10 000 m³) qilish ishlari hamda PK0+00÷PK40+00 oralig‘ida mavjud asfaltbeton qoplamani freza bilan kesish jarayoni amalga oshirildi.
Jizzax viloyati 1-Paket, 4-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “New Tech Samarkand” MCHJ.
Zafarobod tumani 4N1226 “Qozoqovul q.-1 va 2-son parrandachilik fabrikasi” avtomobil yo‘lining 0-7 km obyektining 7,0 km uzunlikdagi qismida mavjud asfaltbeton qoplamani reysaykler bilan kesish jarayoni yakunlandi.
3,8 km uzunlikdagi qismida sement bilan mustaxkamlangan (M75) markali yo‘l asosini yotqizish ishlari amalga oshirildi.
M350 markali sementbeton qoplama uchun zarur inert materiallar zahira qilindi.
Qurilish maydonida 120 m3/soat quvvatli beton zavod qurilishi ishlari yakunlandi.
Sirdaryo viloyati 2-Paket, 1-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “Nizomiddin Imkon Servis LLC – Dineshchandra R. Agrawal Infracon Private Limited” qo‘shma korxonasi.
1. Boyovut tumani 4N650 “Shirin sh. - Shirin DFHU” 0-5 km (2,8-5,0 km) qismini sement-beton qoplama bilan qurish.
Bajarilgan ishlar:
Avtomobil yo‘lining mavjud yaroqsiz beton qoplamani buzib olindi, yo‘l asosi profilini to‘g‘rilash ishlari olib borildi, hamda 2 200 m3 hajmda yer ishlari bajarildi.
2. Xovos tumani 4K666 “Qahramon q. - Yangiyer sh. - Paxtakor q.” avtomobil yo‘lining 19-27 km qismini sement-beton qoplama bilan qurish.
Bajarilgan ishlar:
Avtomobil yo‘lida mavjud 4 800 m2 yaroqsiz eski asfaltbeton qoplamani freza yordamida kesib olindi hamda 2 200 m3 hajmda yer ishlari bajarildi. Shuningdek, pudratchi tomonidan resaykler yordamida avtomobil yo‘lida 1,3 km M75 markali (STV) asos yotqizish ishlari olib borildi.
3. Guliston tumani 4K651 “Beshbuloq q. - Chortoq q. – Tatarqishloq q. - Qoratepa q.” avtomobil yo‘lining 0-10 km qismini sement-beton qoplama bilan qurish.
Bajarilgan ishlar:
Avtomobil yo‘lining 0-10 km qismida 600 m3 hajmda yer ishlari hamda qum-shag‘al aralashmasi to‘kilib mavjud yo‘l asosi profilini to‘g‘rilash ishlari olib borilmoqda. Yangiyer shahrida 120 m3/soat quvvatli beton zavod qurilishi ishlari yakunlandi.
Sirdaryo viloyati 2-Paket, 2-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “Romiton Trans Yo‘l Qurilish” MCHJ.
Mirzaobod tumani 4N652 “A373 avtoyo‘li - T. Ahmedov DXFU” avtomobil yo‘lining 0-3 km qismini sement-beton qoplama bilan qurish.
Bajarilgan ishlar: Avtomobil yo‘lining 0-3 km qismida yer ishlari bilan birga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va mobilizatsiya ishlarini amalga oshirmoqda.
Sirdaryo viloyati 2-Paket, 3-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “Me'yor Qurilish Asfalt” MCHJ va “2-Son MKK” MCHJ qo‘shma korxonasi.
1. Sayxunobod tumani 4H646 “Paxtakor sh/u - Namuna q. - Nurmatobod q.” avtomobil yo‘lining 0-12 km qismini sement-beton qoplama bilan qurish. Bajarilgan ishlar:
Avtomobil yo‘lining 0-12 km qismida mavjud yaroqsiz eski asfaltbeton qoplamani freza yordamida kesib olish ishlari olib borildi.
600 m3 hajmda yer ishlari hamda qum-shag‘al aralashmasi to‘kilib mavjud yo‘l asosi profilini to‘g‘rilash ishlari olib borildi, ishchi otmetkalarni, reperlarni tekshirish jarayoni va geodeziya ishlari amalga oshirilmoqda.
2. Sayxunobod tumani 4K646 “Nurota q. - Sh. Rahimov DXFU - Sultonov DXFU” avtomobil yo‘lining 0-6 km qismini sement-beton qoplama bilan qurish.
Bajarilgan ishlar:
Avtomobil yo‘lining 0-6 km qismida 3 000 m2 mavjud yaroqsiz eski asfaltbeton qoplamani freza yordamida kesib olindi.
800 m3 hajmda yer ishlari hamda qum-shag‘al aralashmasi to‘kilib mavjud yo‘l asosi profilini to‘g‘rilash ishlari olib borilmoqda.
Qolgan 11 ta hududlar (11 ta Paket, 34 ta lot) bo‘yicha:
10.07.2025-yilda Toshkent viloyati qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi. Ishtirokchilarning texnik takliflari 2025-yilning 9-sentyabr kuni ochildi. Soxaviy xarid komissiyasi (OZK) va OTB tomonidan texnik takliflar maqqullandi va 2025 yilning 17 noyabr kuni ishtirokchilarning moliyaviy takliflar ochildi, 2025 yilning 25 noyabr kuni Osiyo taraqqiyot bankiga yuborildi.
2026-yil 5-mart kunida OTB tomonidan 1-lot bo‘yicha Consortium LLC Karvon yo‘l / LLC China Technology / LLC Farneftstroy Servis pudrat tashkiloti bilan shartnoma tuzishga rozilik bildirildi. Bugungi kunda pudratchi tashkilot bilan shartnoma tuzish muzokaralari olib borilmoqda.
Soxaviy xarid komissiyasi (OZK) tomonidan loyihaning Toshkent viloyati 2,3,4-lotlari (3 ta lot) bo‘yicha pudratchilar moliyaviy takliflari narxi loyihalar budjetidan baland berilganligi sababli, qayta tender (retender) o‘tkazish taklifini 08.01.2026yilda (e-mail pochtasi orqali) va qaytadan 18.03.2026-yilda Osiyo taraqqiyot bankiga kelishish uchun yuborildi.
19.08.2025-yilda Farg‘ona viloyati qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi. Ishtirokchilarning texnik takliflari 2025-yilning 8-oktyabr kuni ochildi. Texnik takliflarni baholash ishlari yakunlanib, 2025 yilning 24 noyabr kuni Osiyo taraqqiyot bankiga yuborildi. Ishtirokchilarning moliyaviy takliflari 2025 yilning 9 dekabr kuni ochildi. 2025 yil 16 dekabr kunida OTBga moliyaviy hisobotlar yuborildi. 2025 yil 22 dekabr kunida OTBdan moliyaviy hisobotga rozilik xati olindi.
Farg‘ona viloyati 1-2-3-lot bo‘yicha (3 ta lotga) NEMBUS LLC & AVTOYO‘L SANOAT INVEST LLC QK (O‘zbekiston) pudrat tashkiloti natijalari qoniqarli deb topildi va 2026-yil 16-yanvar kuni pudratchi bilan shartnoma imzolandi. 2026 yil 11 fevral kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan imzolangan shartnomalarga rozilik xati olinib, 2026-yil 12-fevral kuni Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi shartnomalarni ro‘yxatga olindi.
12.03.2026-yildan qurilish-montaj ishlarini boshlash yuzasidan rasmiy hat yuborildi. Hozirgi kunda qurilish tashkiloti tomonidan batafsil loyihani ishlab chiqish va mobilizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.
08.10.2025-yilda Andijon viloyati qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi. Ishtirokchilarning texnik takliflari 2025 yilning 18 noyabr kuni ochildi. 2026 yil 14 fevral kunida texnik takliflar hisoboti o‘rnatilgan tartibda OTBga yuborildi. 2026-yil 25-fevral kuni Soxaviy xarid komissiyasi (OZK) va OTB tomonidan texnik takliflar maqqullandi va 2026-yil 2-mart kuni moliyaviy takliflar ochildi hamda 19.03.2026- yilda OTBga yuborildi. Bugungi kunda OTB tomonidan moliyaviy hisobotlarga rozilik kutilmoqda.
12.11.2025-yilda Namangan viloyati qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi. Ishtirokchilarning texnik takliflari 2026-yilning 9-yanvar kuni ochildi. Soxaviy xarid komissiyasi (OZK) va OTB tomonidan texnik takliflar maqqullandi va
2026-yilning 26-fevral kuni ishtirokchilarning moliyaviy takliflar ochildi hamda 16.03.2026-yilda OTBga yuborildi.
2026-yil 20-mart kunida OTB tomonidan 1-lot bo‘yicha JV “Ozoda maxsuslashtirilgan rekonstruksiya va ta'mirlash” LLC and Henan Jinlu Road and Bridge Construction Co., Ltd. (O‘zbekiston-Xitoy), 2-lot bo‘yicha JV Quqon yol tamir LLC and Yangiobod kapital qurilish invest LLC (O‘zbekiston), 3-lot bo‘yicha JV “QURILISH ZIYO BULDING” LLC and Zhongyu Engineering (Tianjin) Co., Ltd (O‘zbekiston-Xitoy) pudrat tashkilotlari bilan shartnoma tuzishga rozilik bildirildi. Bugungi kunda pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzish muzokaralari olib borilmoqda.
01.12.2025-yilda Surxondaryo viloyati qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi. Ishtirokchilarning texnik takliflari
2026-yil 20-yanvar kuni ochildi. Hozirda texnik takliflarni baholash ishlari olib borilmoqda.
12.12.2025-yilda Qashqadaryo viloyati qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi. Ishtirokchilarning texnik takliflari 2026-yil 30-yanvar kuni ochildi. 2026-yil 16-mart kuni texnik takliflarni baholash hisoboti Osiyo taraqqiyot bankiga (OTB) yuborildi. Bugungi kunda OTB tomonidan texnik hisobotlarga rozilik kutilmoqda.
21.01.2026-yilda Buxoro viloyati qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi. Ishtirokchilarning texnik takliflari 2026-yil 6-mart kuni ochildi. Hozirda texnik takliflarni baholash ishlari olib borilmoqda.
12.02.2026-yilda Navoiy viloyati qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi. Ishtirokchilarning texnik takliflari 2026-yil 2-aprel kuni ochildi. Hozirda texnik takliflarni baholash ishlari olib borilmoqda.
20.02.2026-yilda Xorazm viloyati qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi. Ishtirokchilarning texnik takliflari 2026-yil 10-aprel kuni ochilishi kutilmoqda.
Shuningdek, OTB talabiga ko‘ra, Subloyihalarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro konsultant “DONGSUNG ENGINEERING CO.LTD” konsalting kompaniyasi tomonidan Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha DUE DILIGENCE (shakllantirilgan ichki yo‘llar ro‘yxatini OTB talablariga mosligini tekshirish, loyihaning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ta’sirini o‘rganish) hisobotlari tayyorlanmoqda. Joriy yil aprel oyi ohirigacha Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolariga e’lon berilishi rejalashtirilgan
