Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tanlov
2025-11-04 16:00:00 / Yangiliklar
Transport vazirligi Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida ijodiy tanlovlar o‘tkazadi.
Tanlov “Eng yaxshi rasm”, “Eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi insho” nominatsiyalari bo‘yicha tashkil etiladi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar o‘z ijodiy ishlarini 2025-yil 5-dekabr sanasiga qadar universitetning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” (402-xona) hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi (331-xona)ga topshirishlari lozim.
Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va mas’uliyatlilik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan.
