ICAO bilan hamkorlikning yangi bosqichi
2025-09-26 16:00:00 / Yangiliklar
Avval xabar berilganidek, shu kunlarda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) Assambleyasining 42 sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga (ICAO) doimiy a’zo bo‘lib, tashkilot oldida olgan majburiyatlarini bajarish maqsadida fuqaro aviatsiyasi faoliyati ICAO standartlari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi sohasida Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar natijasida ICAO bilan o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Xususan, ICAO Assambleyasining navbatdagi sessiyasi doirasida “O‘zaviatsiya” agentligiga ICAO tomonidan xalqaro tajribaga ega yuqori malakali xorijiy konsultant-ekspertlarni ajratish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Kelishuv ICAO Bosh Kotibi Xuan Karlos Salazar hamda “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Tohir Nazarov tomonidan imzolandi.
