WR Group O‘zbekistonda logistika xizmatlarini rivojlantirishga qiziqish bildirmoqda
2025-09-05 16:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 5-sentabr kuni Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov "WR Group" kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi Vadim Rozenshteyn bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida kompaniya o‘z faoliyati, jumladan sertifikatlash, bojxona rasmiylashtiruvi hamda logistika xizmatlari yuzasidan taqdimot namoyish etdi.
V.Rozenshteyn O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish, xususan logistika markazlarini tashkil etish imkoniyatlariga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar transport va logistika yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish borasidagi imkoniyatlarini o‘rganishga kelishib oldi.



