Ma’naviyat fidoyilari taqdirlandi
2025-09-03 17:00:00 / Yangiliklar

Xususan, Transport vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilorom Djalalova “Ma’naviyat fidoiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Dilorom Djalalovaning vazirlik va uning tizim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirgani, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgani va samarali natijalarga erishgani, shuningdek, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan munosib e’tirof etildi.
Transport vazirligi jamoasi Dilorom Djalalovani ushbu yuksak e’tirof bilan qutlaydi hamda kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Kurbanova hamda “Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sarvar Fayzullayev ham “Ma’naviyat fidoiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
“Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni Prezidentimizning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq ta’sis etilgan. Ko‘krak nishoni Respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan yurtdoshlarimizga beriladi.






