Yangi qaror loyihasi milliy tashuvchilar ishtirokida muhokama etildi
2025-07-30 22:00:00 / Yangiliklar

Transport vaziri I.Maxkamov boshchiligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda avtomobilda yuklarni xalqaro tashishga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan qaror loyihasi muhokama etildi.
Xususan, ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash, ikki tomonlama yuk tashish uchun hamda uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun ruxsatnoma blankasini olish tartibi, milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ruxsatnoma blankalari qanday tartibda va qaysi mezonlar asosida taqsimlanishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Yangi qaror loyihasi yuzasidan milliy tashuvchilarning fikr-mulohazalari va takliflari atroflicha muhokama etildi. Qizg‘in bahs-munozara va ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda korxona rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Qaror loyihasi bilan ushbu havola orqali tanishib, o‘z takliflaringizni Telegram messenjerida @TashuvchigaKo'mak botiga yuborishingiz mumkin.








